📌Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati X. Xamdamova tomonidan Jizzax shahridagi “Zilol” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro S. Bekmurodovaning yashash sharoiti va murojaati atroflicha o‘rganildi.
🔸O‘rganish davomida fuqaro S. Bekmurodovaning oilaviy sharoiti og‘irligi, ayni paytda taʼlim muassasasida tahsil olayotganligi va to‘lov-kontrakt mablag‘larini qoplashga qiynalayotganligi maʼlum bo‘ldi. Xalq vakili xonadon ahvoli bilan yaqindan tanishgach, talaba qizning chindan ham kontrakt pulini to‘lab berishga muhtoj ekanligi aniqlandi.
🔸Mazkur murojaatni ijobiy hal etish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning sifatli taʼlim olishiga ko‘maklashish maqsadida, talabaning kontrakt pulini to‘lab berishga to‘g‘ri keladi. Ushbu masalani qonuniy tartibda hal etish va zarur mablag‘ni ajratish chora-tadbirlar belgilandi.
📲 Bizni kuzatib boring:👇
🌎 kengash.gov.uz 📱 Youtube 📱 Telegram 📱 Facebook