O‘rganish davomida shaharda yoshlar bilan ishlash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish hamda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
✔️Shuningdek, yoshlar murojaatlari bilan ishlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
✔️O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish hamda ularning manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.