35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Yoshlar maslahat guruhi a’zolari sessiya materiallari bilan tanishdilar

Yoshlar maslahat guruhi a’zolari sessiya materiallari bilan tanishdilar

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi huzuridagi “Yoshlar maslahat guruhi” a’zolari Kengashning navbatdagi 34-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar va sessiya materiallari bilan yaqindan tanishdilar.
Uchrashuv davomida sessiyada ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan masalalarning mazmun-mohiyati, ularning tuman ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi ahamiyati hamda yoshlar manfaatlari bilan bog‘liq jihatlari muhokama qilindi. Yoshlar tomonidan masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar, taklif va tashabbuslar bildirildi.

Slide 1 of 1