Muloqot davomida yoshlarni zamonaviy va mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga o‘qitish, ularning kasbiy salohiyatini oshirish, shuningdek, egallagan bilim va ko‘nikmalarini barqaror daromad manbaiga aylantirishlari uchun zarur shart-sharoit va imkoniyatlarni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yoshlarning bandligini ta’minlash, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlash — ustuvor vazifalardan biridir.