Ekspert guruhi faoliyatining ustuvor vazifalari belgilandi
Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
🔹 Yig‘ilishda tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oid masalalar, aholi muammolarini o‘rganish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-noyabrdagi PQ-405-son qarori ijrosini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
📋 Shuningdek, Ekspert guruhi tomonidan kelgusida amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi. Jumladan:
🔹 hujjat va qaror loyihalarini korrupsiyaviy xavf-xatarlar hamda gender tengligi nuqtayi nazaridan o‘rganish;
🔹 nazorat-tahlil tadbirlarini muntazam olib borish;
🔹 aholi va jamoatchilik fikrini o‘rganish, aniqlangan muammolar yuzasidan tahliliy xulosalar tayyorlash;
🔹 deputatlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, uchrashuv va muhokamalarda ekspertlik nuqtayi nazaridan faol ishtirok etish.