35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

✅Biriktirilgan tashkilot — Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati
O. Egamberdiyeva tomonidan shahar tibbiyot birlashmasi faoliyati o‘rganildi. O‘rganish davomida tibbiyot muassasasida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, mavjud shart-sharoitlar, tibbiy jihozlarning holati hamda muassasaning moddiy-texnik bazasi ko‘zdan kechirildi.

✅Shuningdek, tibbiyot birlashmasida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ul xodimlar bilan fikr almashilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1