“Oila poliklinikalari” tizimining joriy etilishi va aholi salomatligini saqlashdagi o‘rni
✅ Aholiga sifatli va zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish, ayniqsa, birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish sog‘liqni saqlash sohasidagi muhim vazifalardan biridir. Shu nuqtai nazardan, “Oila poliklinikalari” tizimining joriy etilishi aholi salomatligini saqlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
✅ Bu borada Boysun tumani Temirdarvoza mahallasida yangidan qurilgan Darband OShPning yangi binosi foydalanishga topshirilgani ham muhim qadam bo‘ldi. Yangi tibbiyot muassasasida aholiga zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
✅ Yangi binoda zamonaviy tibbiy xonalar tashkil etilgani, tibbiyot xodimlari uchun qulay imkoniyatlar yaratilgani mahalla aholisiga tibbiy xizmatlarni yanada sifatli va samarali ko‘rsatish imkonini beradi.
✅ Shu bilan birga, bunday tibbiyot muassasalarining tashkil etilishi aholiga tibbiy yordamni o‘z hududiga yaqinlashtirish, kasalliklarni erta aniqlash va profilaktika ishlarini samarali tashkil etishga xizmat qiladi.
✅ Darband OShPning yangi binosi foydalanishga topshirilishi ham aholi salomatligini muhofaza qilish va tibbiy xizmat sifatini oshirish yo‘lidagi amaliy ishlardan biridir.