Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

YAKKASADAY VA GULBOG‘ MAHALLALARIDA BELGILANGAN LOYIHALAR IJROSI O‘RGANILDI

YAKKASADAY VA GULBOG‘ MAHALLALARIDA BELGILANGAN LOYIHALAR IJROSI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi 4-Gulbog‘ saylov okrugi deputati Sohiba Gapparova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari hamda oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar yuzasidan ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari” asosida Namangan shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosi o‘rganildi.

O‘rganish davomida Yakkasada va Gulbog‘ mahallalarida amalga oshirilishi belgilangan loyihalarning bajarilish holati, mavjud muammolar va ishlarning amaldagi ijrosi ko‘zdan kechirildi.

Jumladan, Yakkasada mahallasidagi 1,1 kilometr ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha belgilangan ishlar amalga oshirilmagani aniqlandi. Mazkur masala yuzasidan Namangan shahar hokimining birinchi o‘rinbosari D. Umrzoqovga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Shuningdek, Gulbog‘ mahallasidagi Gulobod va Oltinvodiy ko‘chalariga 1,8 kilometr sim kabel tortish bo‘yicha belgilangan ishlar ham bajarilmagani qayd etildi. Ushbu masala yuzasidan Namangan shahar Markaziy elektr ta’minoti korxonasi rahbariga deputatlik so‘rovi yuborildi.

O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini manzilli o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularning hal etilishi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirishdan iborat.

Belgilangan loyihalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish hamda deputatlik so‘rovlari orqali aniqlangan masalalar yechimini nazorat qilish ushbu yo‘nalishdagi ishlarning muhim qismi hisoblanadi.

Slide 1 of 5