Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

ZULFIYAXONIM IZDOSHLARI SARALASH BOSQICHIDA O‘Z IQTIDORINI NAMOYISH ETMOQDA

ZULFIYAXONIM IZDOSHLARI SARALASH BOSQICHIDA O‘Z IQTIDORINI NAMOYISH ETMOQDA

Namangan shahrida iqtidorli, izlanuvchan va tashabbuskor qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti uchun shahar bosqichi saralash jarayonlari boshlandi.

Namangan davlat pedagogika institutida tashkil etilgan ko‘rik-tanlovning ochilish marosimida xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Sh. To‘raboyeva ishtirok etib, tanlov qatnashchilariga omad va muvaffaqiyat tiladi.

Deputat o‘z nutqida mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda jamiyat hayotidagi faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyatiga alohida to‘xtaldi.

Ta’kidlanganidek, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti yosh avlod vakilalarining ilm-fan, ta’lim, adabiyot, san’at va boshqa yo‘nalishlardagi yutuqlarini munosib rag‘batlantirish, ularni yangi marralar sari ruhlantirishda muhim o‘rin tutadi.

📚 Saralash bosqichida 25 nafardan ziyod ishtirokchi 9 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘z bilim, iste’dod va mahoratini namoyish etmoqda. 

Tanlov davomida ishtirokchilarning erishgan yutuqlari, ijodiy ishlari va tegishli yo‘nalishlardagi salohiyati baholanmoqda.

Saralash yakunlariga ko‘ra, har bir yo‘nalish bo‘yicha munosib deb topilgan jami 9 nafar ishtirokchi viloyat bosqichida Namangan shahri sharafini himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Mazkur tanlov yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish, iqtidorli qizlarni kashf etish hamda ularning kelgusidagi muvaffaqiyatlariga keng yo‘l ochishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4