Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

KO‘CHABOSHILAR BILAN HAMKORLIKDA AHOLI MUAMMOLARIGA YECHIM IZLANMOQDA

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Abdrimova Beshmergan mahallasi raisi va ko‘chaboshilar ishtirokidagi yig‘ilishda qatnashdi.
Yig‘ilishda mahalladagi mavjud muammolar, aholi murojaatlari hamda hududni obodonlashtirish masalalari muhokama qilindi. Muammolarni birgalikda hal etish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlik qilish va amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan yo‘l xaritasini ishlab chiqish masalalariga e’tibor qaratildi.
Maqsad — aholi muammolarini hamjihatlikda hal etish va mahalla farovonligini oshirish!