Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Abdrimova tomonidan Beshmergan mahallasida joylashgan 30-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati hamda muassasaning 2026–2027-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida tashkilotda bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, binolarning isitish tizimi, issiqlik va energiya resurslaridan foydalanish holati hamda mavsum davomida uzluksiz faoliyat yuritish uchun ko‘rilgan tayyorgarlik choralari ko‘zdan kechirildi.