Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

👥 “Oʻsmat” MFYda yoshlar murojaatlari tinglandi

👥 “Oʻsmat” MFYda yoshlar murojaatlari tinglandi
Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi aʼzosi D.Boboqozoqov ishtirokida “Oʻsmat” mahalla fuqarolar yigʻinida yoshlar bilan ochiq muloqot va qabul boʻlib oʻtdi.
Muloqot davomida yoshlarning bandlik, tadbirkorlik, taʼlim hamda boʻsh vaqtni mazmunli tashkil etish borasidagi murojaat va takliflari qabul qilindi. Har bir murojaat atroflicha oʻrganilib, ularni tizimli hal etish boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi.
Yoshlar maslahat guruhi navqiron avlod vakillarining muammolarini hal etish va ularni qoʻllab-quvvatlash yoʻlidagi uchrashuvlarni davom ettirmoqda.