Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Alisher Abduvahobovich Xusainov tomonidan saylov okrugi hududidagi fuqarolar murojaatlari va mavjud muammolar o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida aniqlangan muammolar “Deputat daftari”ga qayd etildi. Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, ularning ijrosini ta’minlash va nazoratga olish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
Har bir murojaat e’tiborda, har bir muammoning yechimi — deputatlik faoliyatining ustuvor vazifasidir.