Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

#Buni_bilasizmi

#Buni_bilasizmi
🏛 MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATINI 2030-YILGA QADAR RIVOJLANTIRISHNING YANGI BOSQICHI

O‘zbekiston Respublikasida xalq hokimiyatchiligini yanada rivojlantirish, fuqarolarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish hamda hududlarni samarali boshqarish maqsadida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.

Mazkur Farmon bilan mahalliy Kengashlarning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi roli va vakolatlarini yanada kuchaytirish, ijro hokimiyati organlarining xalq vakillari oldidagi hisobdorligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar belgilangan.

Farmonning bosh g‘oyasi “Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyilini amaliyotga izchil tatbiq etish orqali mahalliy boshqaruv tizimida o‘zaro muvozanat va samarali hamkorlikni ta'minlashdan iborat.

Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 1