Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

DEPUTAT FAOLIYATINI BAHOLASH TIZIMI BO‘YICHA TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U.Kenjayev tomonidan tuman Kengashi deputati K.Xakimova bilan uchrashuv o‘tkazilib, deputatlik faoliyati samaradorligini baholashga qaratilgan KPI tizimi bilan ishlash tartibi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Uchrashuv davomida KPI tizimida belgilangan ko‘rsatkichlar, deputatlik faoliyatini tizimli tashkil etish, saylovchilar bilan muntazam muloqot qilish, fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish hamda amalga oshirilgan ishlarni belgilangan tartibda tizimga kiritish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, deputatlik faoliyati samaradorligini oshirish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va KPI ko‘rsatkichlari bo‘yicha ishlarni izchil tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3