Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

DEPUTAT FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U.Kenjayev tomonidan deputatlik faoliyati samaradorligini oshirish va ishlarni tizimli tashkil etish maqsadida tuman Kengashi deputati K.Xakimova bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida deputatlik faoliyatini yanada faollashtirish, saylovchilar bilan muntazam muloqot olib borish, fuqarolar tomonidan bildirilayotgan murojaat va muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan aniq rejalar ishlab chiqilib, deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishildi.

Slide 1 of 3