Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Kengash ish rejasiga asosan: 24-MTT oshxonasidagi shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi

🇺🇿Kengash ish rejasiga asosan: 24-MTT oshxonasidagi shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi

Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashining ish rejasiga asosan deputat S.Rajabova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Ergashevalarning “Do'stlik” MFYdagi 24-sonli Maktabgacha ta’lim tashkilotiga qilgan tashriflari davom etmoqda.

Navbatdagi manzil muassasaning oshxonasi bo‘lib, mas’ullar bolajonlarga tayyorlanayotgan taomlarning sifati, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash qoidalari, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini va oshpazlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yaqindan ko‘zdan kechirdilar.

O‘rganish jarayonida bolalar salomatligi eng muhim masala ekanligi ta'kidlanib, mahsulotlarning sifat sertifikatlari, taomnomalarning to‘g‘ri tuzilganligi va ovqat tayyorlash jarayonining tozaligi qat'iy nazoratga olindi.

Mas'ullarga mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish va sifatni yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.