Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#Doimiy_komissiya_faoliyatidan 19¹-modda 🏫 TA’LIM SIFATI, DAVOMAT VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — E’TIBOR MARKAZIDA
📋 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi qaroriga asosan tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim sifati, qonunchilik hujjatlari ijrosi, obodonlashtirish ishlari, 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik hamda o‘quvchilar davomatining holatini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshladi.
👥 Ishchi guruhi tomonidan navbatdagi o‘rganish ishlari 42-sonli umumta’lim maktabida olib borildi.
🏫 O‘rganish davomida maktab jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazilib, ta’lim muassasasida ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning darslarga muntazam qatnashishini ta’minlash, qonunchilik hujjatlari ijrosiga rioya etish hamda ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini yanada yaxshilash masalalari muhokama qilindi.
🔎 Shuningdek, maktabning moddiy-texnik bazasi, bino va hududning obodonlashtirilganlik holati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ko‘zdan kechirildi.
📝 O‘rganish jarayonida mavjud holat tahlil qilinib, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quvchilar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish hamda kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga e’tibor qaratildi.
✅ Mazkur o‘rganishlarning asosiy maqsadi — maktablarda ta’lim sifatini yaxshilash, o‘quvchilar davomati ustidan nazoratni kuchaytirish, ta’lim muassasalarida mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rishdan iborat.