Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

🏫 67-umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

🏫 67-umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputati B.Baxovadinov tomonidan tumandagi 67-umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktab binosidagi isitish tizimlarining holati, qozonxonalarning texnik ahvoli hamda ta’lim muassasasida qish mavsumini betalafot va samarali o‘tkazish uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

O‘quvchilar va pedagog xodimlar uchun qulay hamda xavfsiz muhitni ta’minlash, isitish tizimlarining uzluksiz ishlashiga erishish va mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish masalalariga e’tibor qaratildi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 4