Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Ichimlik va oqava suv ta’minoti: amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rish, hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini tahlil qilish hamda aholini qiynayotgan dolzarb masalalarni muhokama etish doirasida Kengash doimiy komissiyalarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda doimiy komissiyalar raislari, ekspert guruhi a’zolari, deputatlar hamda kotibiyat mas’ullari ishtirok etdilar.

Kun tartibiga muvofiq, “Surxondaryo suv ta’minoti” AJ Termiz shahar bo‘limi tomonidan aholini ichimlik va oqova suv xizmatlari bilan ta’minlash darajasini oshirish borasida 2026-yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar atroflicha muhokama qilindi. Mazkur masala yuzasidan jamiyatning Termiz shahar bo‘limi boshlig‘i J.Choriyevning hisoboti tinglandi.
Muhokama davomida aholini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash, suv ta’minoti tizimining barqaror ishlashini yo‘lga qo‘yish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, oqova suv xizmatlari sifatini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, suv ta’minoti infratuzilmasini rivojlantirish, mavjud tarmoqlarning texnik holatini yaxshilash, xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish hamda fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni manzilli hal etish borasidagi vazifalar yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.

Deputatlar tomonidan sohada amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy natijadorligini oshirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholini qiynayotgan muammolarga tezkor yechim topish hamda belgilangan rejalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli mas’ullarga savollar berildi va takliflar bildirildi.

Muhokamalar davomida ichimlik va oqova suv ta’minoti bilan bog‘liq masalalarni hal etishda mas’ul tashkilotlarning javobgarligini oshirish, mavjud muammolarni tizimli ravishda bartaraf etish hamda aholi uchun qulay va sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash muhim vazifa ekanligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida bildirilgan taklif va mulohazalar asosida tegishli vazifalarni belgilash, ularning ijrosini nazorat qilish hamda mazkur yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini yanada oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan kommunal sohadagi dolzarb masalalarni o‘rganish, mas’ul tashkilotlar faoliyati yuzasidan hisobotlarni eshitish va aholi manfaatlariga xizmat qiladigan yechimlarni ishlab chiqish ishlari deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishi sifatida davom ettiriladi.

Slide 1 of 2