#Paxtakor #DeputatFaoliyati #Obodonlashtirish #Bog‘ishamol
❗️OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
Kecha Paxtakor tumani Bog‘ishamol mahallasi hududidagi Qoramirza qabristonida mahalla faollari, fuqarolar va yoshlar ishtirokida tozalash hamda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Mazkur ezgu tashabbusda xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati Z.Shodmonov ham tashabbus ko‘rsatib, hududni obod va ozoda saqlashga qaratilgan ishlarga hissa qo‘shdi.
Ushbu tadbir orqali ajdodlar xotirasiga hurmat ko‘rsatish, qabriston hududini ozoda saqlash hamda yoshlar qalbida milliy qadriyatlar va an’analarga ehtirom tuyg‘usini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
Obodlik va ozodalik — barchamizning umumiy vazifamiz!