Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Deputat tomonidan uylarda gaz bilan bog‘liq masalalari o'rganildi

Deputat tomonidan uylarda gaz bilan bog‘liq masalalari o'rganildi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati D.Zulyarova, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Sidikova hamda Taraqqiyot MFY ijtimoiy xodimi G.Rahimovalar ishtirokida fuqaroning tabiiy gaz ta’minoti bilan bog‘liq murojaati o‘rganildi.

O‘rganish davomida fuqaro tomonidan bildirilgan muammo tinglanib, gaz ta’minoti holati joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi. Murojaatda ko‘tarilgan masalani ijobiy hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga taklif va tavsiyalar berildi.

Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 2