#19¹-modda
#Tashkilot_bilan_hamkorlik
#Kotibiyat_Mudir_ish_reja_ijrosi
#Doimiy_komissiya_faoliyati
Kommunal xizmatlar faolyati o'rganildi
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari tomonidan Angor kommunal xizmat ko‘rsatish boshqaruv servis kompaniyasi (BSK) faoliyati bilan tanishildi.
O‘rganish davomida kommunal xizmatlar ko‘rsatish sifati, aholi murojaatlari bilan ishlash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek,50 -yaqin donga xizmat ko‘rsatish aholiga qulay va sifatli xizmat ko‘rsatish, kommunal sohadagi ishlar samaradorligini oshirish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli masalalar muhokama qilindi.
Bunday o‘rganishlar aholining turmush sharoitini yaxshilash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish va deputatlik nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi.