Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

#Hokim_faolyati #Deputat_sifatida Qabul oʻtkazildi

#Hokim_faolyati
#Deputat_sifatida
Qabul oʻtkazildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov boshchiligida deputat sifatida o'ziga qarashli 7-Yangiobod saylov okrugida Yangio­bod mahallasida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar vakillari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari, mavjud muammolari va takliflari tinglandi. Ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriqlar berilib, murojaatlarni qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va ularning ijrosini nazoratga olishga alohida e’tibor qaratildi.

Sayyor qabullarning asosiy maqsadi — aholining muammolarini joyida o‘rganish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolar murojaatlariga amaliy yechim topishdan iborat.

Slide 1 of 1