Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

SESSIYADA INVESTITSIYA, EKSPORT VA XALQARO HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida Yunusobod tumanida 2026-yil davomida investitsiya, eksport va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar holati to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

🗣️Mazkur masala yuzasidan Yunusobod tumani hokimining o‘rinbosari, Investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i v.b. Hamdamov Javohir Jalol o‘g‘li tomonidan hisobot berildi.

✅Sessiya davomida tumanda investitsiyalarni jalb etish, eksport salohiyatini oshirish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.