Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Deputatlik nazorati: mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

Deputatlik nazorati: mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi raisi M. Tangriberganov Mehnatobod mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida mahallada aholi bilan ishlash, yoshlar bandligini ta’minlash, ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash borasidagi ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, yoshlar yetakchisi Sharipov Mirzabek va ijtimoiy xodim Sobirov Jasurbekning xizmat faoliyati yuzasidan axborotlari tinglandi.
Muloqot davomida mahalla yettiligi faoliyatining samaradorligini oshirish, fuqarolar murojaatlarini manzilli o‘rganish va mavjud muammolarni joyida hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 1