Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

🔽Imtiyozli ssuda – oilaviy daromad manbai

🔽Imtiyozli ssuda – oilaviy daromad manbai

📌Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati Sh. Teshayev tomonidan Chorzona mahallasida kambag‘al oilalar ro‘yxatida turgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning daromad manbasini shakllantirish va bandligini ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda.
📌Shu doirada ehtiyojmand oilalarga 3 yil muddatga imtiyozli ssuda ajratilib, ushbu mablag‘lar hisobidan ularga chorva mollari olib berildi. Mazkur tashabbus oilalarning o‘zini o‘zi band qilishi, chorvachilik bilan shug‘ullanishi va kelgusida barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun muhim imkoniyat yaratmoqda.
📌Amalga oshirilgan ishlar davomida fuqarolar bilan suhbatlashilib, ularga chorva mollarini parvarishlash, mahsuldorlikni oshirish hamda olingan imkoniyatdan samarali foydalanish yuzasidan tavsiyalar berildi.
📌Ta’kidlash joizki, kambag‘allikni qisqartirishda aholiga shunchaki moddiy yordam ko‘rsatish bilan birga, ularga daromad keltiradigan manba yaratib berish muhim ahamiyatga ega. Chorvachilik yo‘nalishidagi bunday loyihalar esa oilalarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 2