Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

🟣 XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Bobojonova tomonidan Qumyob mahallasida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
🔹 O‘rganish davomida mahalladagi xotin-qizlarning murojaat va muammolarini aniqlash hamda ularni hal etish borasidagi ishlar;
🔹 ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni tegishli dastur va imkoniyatlarga yo‘naltirish;
🔹 “Ayollar daftari” bilan ishlash, bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishidagi faoliyat tahlil qilindi.
📌 DEPUTATLIK NAZORATI
Xotin-qizlarning muammolarini manzilli o‘rganish, ularni hal etish choralarini ko‘rish hamda mahalladagi xotin-qizlar bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.