Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Kreativ parkdagi savdo shoxobchalari nazoratda

Kreativ parkdagi savdo shoxobchalari nazoratda

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Gayliyev Shamirat Kurbanmiradovich Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Xodjanov bilan birgalikda «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (№O‘RQ-328, qabul qilingan sana 02.05.2012) ijrosini nazorat qilish maqsadida tumandagi “Kreativ park” hududida olib borilayotgan ishlarni o‘rgandi.

📍 O‘rganish davomida barpo etilayotgan savdo shoxobchalarining qurilish jarayoni, shuningdek, ularni belgilangan muddatlarda tadbirkorlarga topshirish masalalari ko‘zdan kechirildi.

🔎 Deputatlik nazorati davomida qurilish ishlarining borishi va tadbirkorlar uchun yaratilayotgan sharoitlarga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 4