Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

15-oilaviy poliklinikada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi

 15-oilaviy poliklinikada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati K.Muxitdinova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U.Shopotixov Olmazor tumanidagi 15-oilaviy poliklinikaga tashrif buyurib, aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holatini o‘rgandilar.

🔎 O‘rganish jarayonida Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiyaviy savol asosida fuqarolarga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, bemorlarni qabul qilish, tibbiy ko‘rik va maslahat berish, shuningdek, murojaat qilgan aholiga tibbiy yordamning o‘z vaqtida ko‘rsatilishi holatiga e’tibor qaratildi.

📚 Mazkur yo‘nalishdagi ishlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-iyundagi 384-son “Respublikada aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi tumanda o`rganish masalasi muhokama qilindi

🤝 O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish hamda fuqarolarga o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlash masalalari deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 5