Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Yangiqishloq mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahallada aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, hududda obodonlashtirish hamda jamoatchilik bilan hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan muloqot davomida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida aholi bilan ochiq muloqotni yana-da kuchaytirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlash bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Bunday o‘rganishlar mahallada aholi manfaatlarini ta’minlash, deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda “Mahalla yettiligi” faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1