Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar qog‘ozda qolib ketadigan hujjat emas, balki shahar hayotida o‘z aksini topadigan amaliy mezondir.
Har bir qarorning haqiqiy qiymati uning matnida emas, ijrosidan keyin ko‘chalar, mahallalar, ijtimoiy obyektlar va fuqarolar hayotida yuzaga keladigan o‘zgarishda namoyon bo‘ladi. Bugun Kogon shahrining qiyofasida ko‘zga tashlanayotgan tartib, obodonlik va yaratilayotgan shart-sharoitlar — belgilangan vazifalarning hayotga ko‘chayotganidan dalolat beradi.
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputatlari va kotibiyat xodimlari Kengash tomonidan qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan izchil va tizimli nazorat o‘rnatgan.
Kengash faoliyatining mazmuni ham shunda: xalq manfaatiga daxldor har bir masalani belgilash, uning ijrosini kuzatish va natijasini insonlar hayotida ko‘rish. Chunki taraqqiyot avvalo hujjatda boshlanadi, ammo uning asl manzili — xalq hayoti va shahar qiyofasidir.