Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Fuqarolar murojaati joyiga chiqib o‘rganildi

Fuqarolar murojaati joyiga chiqib o‘rganildi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov, tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari I.Razzakov, tuman hokimligi Uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i S.Yuldashev hamda Qorasuv MFY hududidagi 56-oilaviy poliklinika xodimlari ishtirokida Fayzobod MFY, Namuna ko‘chasi, 42-uyda yashovchi fuqaro Eshonqulov Faxriddinning moddiy yordam masalasidagi murojaati yuzasidan yashash manzilida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida fuqaroning yashash sharoiti, oilaviy va ijtimoiy holati hamda murojaatda ko‘tarilgan masalaning amaldagi holati joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi. Mas’ullar tomonidan fuqaro bilan suhbat o‘tkazilib, murojaatning mazmuni va mavjud ehtiyojlari atroflicha o‘rganildi.

Murojaatda ko‘tarilgan masalani amaldagi tartib va qonunchilik talablari asosida hal etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha fuqaroning murojaati deputatning “Ko‘chama-ko‘cha murojaatlarni aniqlash daftari”ga qayd etildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 6