Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

#Haftalik_ish_reja_ijrosi #Kunlik_ish_reja Hamkorlik – muammolar yechimida muhim omil !

#Haftalik_ish_reja_ijrosi
#Kunlik_ish_reja

Hamkorlik – muammolar yechimida muhim omil !

Xalq deputatlari Angor tuman Kengashi Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya a'zolari hamda Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Choriyeva tuman Kengashining ish rejasiga asosan, tuman Davlat xizmatlari markazida bo'lib, "Madad” – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkilotining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

📎O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-sentyabrda 741-sonli “Aholiga huquqiy axborotni yetkazish va yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan “Madad” – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti tashkil etilgan.

Xalq deputatlari Angor tuman Kengashi hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti o‘rtasida imzolangan o‘zaro hamkorlik memorandumi doirasida amaliy ishlar izchillik bilan davom ettirilmoqda.

Mazkur hujjat ijrosini ta’minlash maqsadida, Kengash doimiy komissiyasi a'zolari hamda “Madad” NNT tuman bosh mutaxassisi U.Boboyorov ishtirokida hamkorlik aloqalari mustahkamlandi.

Samimiy muloqot tarzida o‘tgan tadbirda har bir murojaatchining muammosi diqqat bilan tinglanib, ularni qonuniy hal etish bo‘yicha zarur ko‘rsatma va huquqiy tavsiyalar berildi.

Asosiy e’tibor aholining huquqiy savodxonligini oshirish va murojaatlarni joyida, tezkorlik bilan ko‘rib chiqish uchun ikki tashkilotning imkoniyatlarini birlashtirishga qaratildi.

Zero, tuman Kengashi va “Madad” tashkilotining hamjihatlikdagi faoliyati mahalliy aholining muammolarini bartaraf etish va ijtimoiy adolatni qaror toptirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1