Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

“Ijtimoiy reyestr”dagi oilalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-sentyabr kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishi hamda 2026-yil 11-sentyabrdagi PF-193-son Farmoniga asosan O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Ashurov tomonidan tumanning “Baymurzayev” mahallasidan “Ijtimoiy himoya reyestri”ga kiritilgan oilalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

🔻O‘rganish davomida mahallada mazkur reyestrga jami 21 ta oila kiritilgani ma’lum bo‘ldi. Ularning 10 tasi davlat ta’minotidagi, 6 tasi kambag‘al hamda 5 tasi kambag‘allik chegarasidagi oilalar toifasiga tegishliligi qayd etildi. Deputat tomonidan oilalarning ijtimoiy holati, daromad manbalari, bandlik darajasi, mavjud ehtiyojlari va ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holatiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, reyestrga kiritilgan har bir oila bilan individual ishlash, ularning muammolarini o‘rganish va ehtiyojidan kelib chiqib manzilli yordam ko‘rsatish muhimligi ta’kidlandi.

🔻Xususan, davlat ta’minotidagi oilalarga ijtimoiy xizmatlar va moddiy ko‘maklarni o‘z vaqtida yetkazish, kambag‘al oilalarning daromadini oshirish va doimiy bandligini ta’minlash, kambag‘allik chegarasidagi oilalarni esa kambag‘allik holatiga tushib qolishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni kuchaytirish zarurligi qayd etildi. Shu bilan birga, oilalarda mehnatga layoqatli fuqarolarning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lganlarga amaliy ko‘mak berish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

🔻Deputat o‘rganish yakunida mahalladagi mas’ullarga “Ijtimoiy himoya reyestri”ga kiritilgan oilalar bilan ishlashni yanada tizimli tashkil etish, har bir oilaning ijtimoiy holatidan kelib chiqib aniq chora-tadbirlar belgilash hamda aholining ijtimoiy himoyasiga qaratilgan davlat dasturlari va imtiyozlaridan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berdi.

Slide 1 of 1