Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
🚴‍♂️ Mahallalar bo‘ylab velosipedda: tuman hokimi hududlar holatini o‘rgandi

Sherobod tumanida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish va ekologik madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan tashabbuslar izchil davom ettirilmoqda.

⚡️Bugun Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 24-Xo‘jaqiya saylov okrugi deputati, Sherobod tuman hokimi Alimov Usmon Ibrohimovich xizmat avtomobilidan foydalanish o‘rniga velosipedda harakatlanib, tumanning “Buyuk Ipak yo‘li” va “Bahor” mahallalari hududlarini ko‘zdan kechirdi.

🚴‍♂️ Velosipedda harakatlanish — nafaqat sog‘lom turmush tarzi, balki shaxsiy namuna hamdir.

Mazkur tashabbus orqali:
➡️ jismoniy faollikni oshirish;
➡️ sog‘lom hayot tarzini keng targ‘ib qilish;
➡️ avtomobillardan foydalanishni imkon qadar kamaytirish;
➡️ atrof-muhitga salbiy ta’sirni qisqartirish;
➡️ aholida ekologik madaniyat va mas’uliyatni kuchaytirish maqsad qilinmoqda.

🌿 HUDUDNI VELOSIPEDDA AYLANIB, MUAMMOLARNI JOYIDA O‘RGANISH

➡️Velosipedda harakatlanish davomida tuman hokimi “Buyuk Ipak yo‘li” va “Bahor” mahallalaridagi obodonlashtirish ishlari, ko‘chalar va yo‘l yoqalarining holati, hududlarning tozaligi hamda mavjud kamchiliklarni ko‘zdan kechirdi.

➡️Shuningdek, avval berilgan topshiriqlar ijrosi joyida o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, obodonlashtirish ishlarini sifatli tashkil etish va hududlarning tashqi qiyofasini yanada yaxshilash yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

🚴‍♂️ HARAKATDA — SOG‘LOM HAYOT, NATIJADA — OBOD HUDUD!

➡️Rahbarning bunday tashabbus bilan shaxsan o‘zi namuna ko‘rsatishi aholida sog‘lom turmush tarziga qiziqishni oshirish, velosipeddan foydalanish madaniyatini kengaytirish hamda ekologik mas’uliyatni kuchaytirishga xizmat qiladi.

🌱 Sog‘lom hayot sari har bir harakat — obod va musaffo kelajak sari qadam!
O‘zingizdan boshlang. Velosipedda harakatlaning, sog‘lom bo‘ling!

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube
Slide 1 of 9