Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Umumta’lim maktablarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Umumta’lim maktablarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputatlari E.Peysenov va B.Baxovadinovlar tomonidan tuman hududidagi umumta’lim maktablarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida ta’lim muassasalarining kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazishga tayyorgarligi, jumladan, isitish tizimlarining texnik holati, qozonxonalar faoliyati, yoqilg‘i zaxirasi, deraza va eshiklarning issiqlikni saqlash holati hamda mavjud muammolar ko‘zdan kechirildi.

Maktablarda o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz shart-sharoitlar yaratish, xonalarni me’yorida isitish hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 2