Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

NURONIYLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati E. Babayev tomonidan Mustaqillik mahallasida istiqomat qiluvchi nuroniylar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida mahalladagi mavjud muammolar, aholini qiynayotgan masalalar hamda hududni obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash bilan bog‘liq takliflar muhokama qilindi.

Nuroniylarning fikr va takliflari tinglanib, bildirilgan murojaatlarni o‘rganish hamda tegishli mas’ullar bilan hamkorlikda ularni hal etish yuzasidan zarur choralar belgilandi.

Slide 1 of 3