Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Sessiya kun taribidagi masala yuzasidan o'rganish olib borildi

Sessiya kun taribidagi masala yuzasidan o'rganish olib borildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 15-Zarkamar saylov okrugidan saylangan deputat A. Xolmo‘minov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Donayev tomonidan deputatning saylov okrugidagi “Kunchiqish” mahallasida mahalla profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan maxsala yuzasidan olib borildi. Jarayonda mahallada jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, yoshlar o‘rtasida profilaktik tadbirlarni tashkil etish hamda mahalla faollari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar olindi.

Shuningdek, hududdagi mavjud muammolar, huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va profilaktika inspektorining faoliyati bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

O‘rganish davomida to‘plangan ma’lumotlar tuman Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishida hamda navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan tegishli masalani ko‘rib chiqishda inobatga olinadi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 1