Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Madad_NNT
🤝 HAMKORLIK VA OCHIQ MULOQOT


🏢 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 22-Bo‘ston saylov okrugi deputati A.To'xtashov hamda “Madad” muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti bosh mutaxassisi S. Ochilov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

📌 Uchrashuv davomida fuqarolarning huquqiy muammolariga yechim topish, aholiga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish hamda murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi

👥 Shuningdek, aholining huquqiy savodxonligini oshirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda joylarda uchrayotgan muammolarni birgalikda hal etish yuzasidan fikr almashildi

⚖️ Tomonlar kelgusida ham hamkorlikni mustahkamlash va fuqarolar manfaatlari yo‘lida tizimli ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 1