Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

📚 Davlat tili — milliy qadriyatimiz.

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomini mustahkamlash, uning jamiyat hayotidagi o‘rnini yanada kuchaytirish hamda davlat organlari va tashkilotlarda undan foydalanishning huquqiy asoslarini belgilaydi.
📌 Qonunchilikda davlat boshqaruvi, ta’lim, axborot va ommaviy kommunikatsiya sohalarida o‘zbek tilidan foydalanish, fuqarolarning davlat tilidagi murojaat va axborot olish huquqlari kabi muhim masalalar belgilangan.
🤝 Davlat tilini asrash, rivojlantirish va unga hurmat bilan munosabatda bo‘lish — barchamizning vazifamiz.
🏛 Xalq deputatlari Forish tumani Kengashi