Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

#sessiya ish reja ijrosi 👥 Yoshlar siyosati bo‘yicha hisobot eshitildi.

Xalq deputatlari Forish tumani Kengashining navbatdagi 25-sessiyasida Yoshlar ishlari agentligi Forish tumani bo‘limining 2026-yil birinchi yarim yilligida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish borasida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.
📋 Hisobot yuzasidan Yoshlar ishlari agentligi Forish tumani bo‘limi boshlig‘i F.Yo‘ldoshev axborot berdi.
🔎 Sessiyada yoshlar bandligini ta’minlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yoshlar bilan ishlash borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
📌 Hisobot yuzasidan deputatlar tomonidan savol va takliflar bildirildi hamda kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.