Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

🏠 Ijtimoiy reyestrdagi oila o‘rganildi

🤝 O‘rganish ishlarida Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov, Shovot tumani hokimligi Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari D. Abdullayev hamda tuman Kengashi deputati X. Ismoilov ishtirok etdi.
📍 Oltinqal’a mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro **M.N.**ning yashash sharoiti o‘rganildi.
🏠 Fuqaroga “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan uy-joyini ta’mirlash uchun ko‘mak ko‘rsatilgani hamda mazkur mablag‘lar hisobidan xonadonning deraza va eshiklari ta’mirlangani o‘rganish davomida qayd etildi.
🔎 O‘rganish davomida amalga oshirilgan ishlarning holati ko‘zdan kechirilib, oilaning mavjud ehtiyojlari ham o‘rganildi.