Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Yakkasada MFYda profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi

Yakkasada MFYda profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri N.Ubaydullayev, kotibiyat xodimlari A.Nurmatov va M.Abdulmajidov, shuningdek, deputat S.Gapparova tomonidan Yakkasada mahalla fuqarolar yig‘inida profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida hududda jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, profilaktik hisobda turuvchi shaxslar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar hamda mahalladagi kriminogen vaziyatni barqaror saqlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishildi.

Shuningdek, mahallada huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini yanada oshirish, aholi bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganish ishlari mahallalarda qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda hududlarda xavfsiz muhitni mustahkamlashga qaratilgan sa’y-harakatlarning uzviy davomi hisoblanadi. 

Slide 1 of 5