Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

#Haftalik_ish_reja_ijrosi #Madad_NNT #Tashkilot_bilan_hamkorlik 🤝 HAMKORLIK VA OCHIQ MULOQOT

#Haftalik_ish_reja_ijrosi
#Madad_NNT
#Tashkilot_bilan_hamkorlik
🤝 HAMKORLIK VA OCHIQ MULOQOT

👥 Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Choriyeva ishtirokida Madad” muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti bosh mutaxassisi U.Boboyorov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

📌 Uchrashuv davomida fuqarolarning huquqiy muammolariga yechim topish, aholiga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish hamda murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

👥 Shuningdek, aholining huquqiy savodxonligini oshirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda joylarda uchrayotgan muammolarni birgalikda hal etish yuzasidan fikr almashildi.

⚖️ Tomonlar kelgusida ham hamkorlikni mustahkamlash va fuqarolar manfaatlari yo‘lida tizimli ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar.