Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalarning joylardagi amaliy holatini o‘rganish, belgilangan vazifalar ijrosini tahlil qilish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish maqsadida hududlarda nazorat-tahlil tadbirlari olib borilmoqda.
Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov, shahar Kengashining 5-“Kattabog‘” saylov okrugi deputati I.Tangirov hamda 17-“Surxon sohili” saylov okrugi deputati B.Rahmatullayev ishtirokida “Manguzar” mahallasida joylardagi holat o‘rganildi.