Jańalıqlar

Oilaviy tadbirkorlik va tadbirkorlik faoliyati erkinligi bo‘yicha o‘rganish olib borildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Xasanova tomonidan “Rayhon” mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi N.Komiljonov faoliyati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-apreldagi O‘RQ-327-sonli “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi hamda 2012-yil 2-maydagi O‘RQ-328-sonli “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunlari ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla hududida faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkor M.Alimovaning faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Ma’lum bo‘lishicha, hokim yordamchisining ko‘magi asosida tadbirkorga o‘z faoliyatini rivojlantirish va kengaytirish maqsadida 100 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilgan.

Shuningdek, tadbirkorga savdo faoliyatini tashkil etish jarayonida amaldagi qonunchilik talablari, xususan, 2026-yil 1-iyuldan boshlab savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida QR-kod orqali to‘lovlarni qabul qilish tartibi yuzasidan batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, tadbirkorlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi hamda mahallada qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 7