Jańalıqlar

🔰Gaz quvurlaridagi sizib chiqish holatlarining oldini olish – deputat e’tiborida

🔰Gaz quvurlaridagi sizib chiqish holatlarining oldini olish – deputat e’tiborida

♻️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I.Xolov tomonidan “Jondor” mahallasining Jondor qishlog‘i hududidagi gaz quvurlaridan gaz sizib chiqishining oldini olish masalasiga e’tibor qaratildi.
♻️Hududni o‘rganish davomida gaz quvurlarining texnik holati, aholi xonadonlari xavfsizligi hamda gaz sizib chiqishi bilan bog‘liq ehtimoliy xavflarning oldini olish zarurati yuzasidan masalalar ko‘rib chiqildi.
♻️Aniqlangan holatlar yuzasidan deputat tomonidan “Jondortumangaz” GTB boshlig‘i G‘. Nosirov nomiga deputat so‘rovi yuborildi. So‘rovda Jondor qishlog‘i hududidagi gaz quvurlarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish, mavjud kamchiliklarni aniqlash va gaz sizib chiqishining oldini olish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish masalalariga e’tibor qaratilgan.
♻️Aholining xavfsizligini ta’minlash, gaz ta’minoti tarmoqlarining soz holatda bo‘lishi hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noxush holatlarning oldini olish masalalari deputatlik nazoratida.
👉Deputat so‘rovi ijrosi yuzasidan tegishli mas’ullardan amaliy choralar ko‘rilishi kutilmoqda.

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 2