🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I.Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Norov hamkorligida “Jondor” mahallasida aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi. 🔵O‘rganish davomida mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodim tomonidan ijtimoiy ehtiyojmand toifaga mansub fuqarolarning muammolarini aniqlash, ularning ehtiyojlarini o‘rganish hamda tegishli ijtimoiy xizmatlar bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. 🔵Shuningdek, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash hamda to‘lash holati ham ko‘rib chiqildi. Fuqarolarning murojaatlari, ularning ijtimoiy himoyaga bo‘lgan ehtiyojlari va mavjud muammolariga alohida e’tibor qaratildi. 🔵O‘rganish jarayonida ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarni aniqlash, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning manzilliligi va samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. 🔵Aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularga davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmat va yordamlarni sifatli yetkazish borasidagi ishlar deputatlik nazorati doirasida davom ettiriladi.