Jańalıqlar

Ochiq budjet loyihalari ijrosi deputatlik nazoratida

#Komissiya_nazorati #haftalik_ish_reja_doirasida #Open_byudjet #ekspert_guruhlari

Ochiq budjet loyihalari ijrosi deputatlik nazoratida

📈 “Ochiq budjet” tashabbusining 2026-yil 1-mavsumi doirasida g‘olib bo‘lgan loyihalarda amalga oshirilayotgan ishlar muntazam ravishda deputatlik nazorati asosida o‘rganilmoqda.

⚙️ Xususan, tumandagi 360-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida quruvchi tashkilot tomonidan loyiha doirasida amalga oshirilayotgan va yakuniga yetib qolgan ishlar o‘rganildi.

💼 Ushbu o‘rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilov hamda ekspert guruhi a’zolari ishtirok etdi.

🗣 O‘rganish natijalariga ko‘ra, loyiha doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar deyarli yakuniga yetgani aniqlandi. Shu bilan birga, DMTT rahbariyati tomonidan ayrim kamchiliklarni to‘liq bartaraf etish zarurligi ta’kidlandi.

📈 Shundan kelib chiqib, ishchi guruh tomonidan loyiha doirasidagi ishlarni to‘liq, sifatli va belgilangan talablar asosida yakunlashni ta’minlash yuzasidan mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 4